Madrid Materialshunoslik bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar instituti (IMDEA Materials) tadqiqotchilari yong‘in boshlanishidan oldin xavfni aniqlaydigan va ogohlantiradigan yong‘in xavfsizligi tizimlari ustida ish olib bormoqda.
Olimlarning fikriga ko’ra IMDEA Materials kompaniyasida ishlab chiqilayotgan funktsional nanomateriallarga asoslangan yong’in sensor texnologiyasi kelajakda yong’in sodir bo’lishini oldini olishda yetakchi vosita bo’lib xizmat qiladi.
Ma’lumotlarga ko’ra mazkur sensorlar uy devoriga bezak sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan “gul qog’oz” o’rnida qo’llanilishi ko’zda tutilgan. Yong’in alomatlari sezilgan vaqtda sensor 20 kmgacha bo’lgan masofada ogohlantirishi mumkin.