“Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida institut xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi

Cover Image for “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida institut xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi

Respublikamiz boʻylab 2023-yilning 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar oʻtkazilayotgan “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida yong’in xavfsizligi oyligi bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tushuntirish ishlari davomida institut xodimlariga sovuq kunlarda ehtiyotsizlik natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan yong’inlar va ularni oldini olish bo’yicha tavsiyalar berildi hamda favqulodda holatlarda yong’inni o’chirishga doir yo’riqnomalar tarqatildi.