Yangi sun’iy intellekt til modeli shizofreniya kasalligi aniqlashda yordam berishi mumkin

Cover Image for Yangi sun’iy intellekt til modeli shizofreniya kasalligi aniqlashda yordam berishi mumkin

UCL nevrologiya instituti olimlari sun’iy intellekt til modellari asosida shizofreniya tashxisi qo’yilgan bemorlarning fikrlarini nutqidan aniqlay oladigan yangi vositani ishlab chiqardi. Xususan, ushbu model bemorlarning nutqini tahlil qiladi va atrofdagi yaqinlarining tushunishiga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, shizofreniya bu- aqlning zaiflashuvi psixologik keng tarqalgan kasallik bo’lib, statistika ma’lumotlariga qaraganda dunyo bo’yicha 24 milliondan ortiq insonlarda kuzatiladi.

Xususan, tadqiqotchi doktor Mentyu Nur shunday dedi: “Nutqni avtomatik tahlil qilish shifokor va olimlarning qo’lidan kelmaydigan ish hisoblanadi. Biroq, ChatGPT kabi sun’iy intellekt til modellarning paydo bo’lishi bilan ushbu muammo yechim topdi. Agarda biz yaratgan tizim o’zining xavfsizligini ko’rsata olsa kelgusi o’n yil ichida barcha shifoxonalarda foydalanish mumkin bo’ladi”-deya ta’kidladi.