Ispaniyadagi Bask tadqiqotchilari tomonidan tanasi hamda yo’nalishini mustaqil ravishda nazorat qiladigan dron ishlab chiqildi.
“Bizning ushbu havo robotimiz baland hamda uzoq uchish qobiliyati yordamida xavfli hududlar va atrof muhitni kuzatish imkoniyatiga ega” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Imanol Iriarte.
Ta’kidlash joizki, tadqiqot guruhi mazkur havo robotini sinovdan o’tkazib, foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.