Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti majlislar zalida “Xotin-qizlarning axborot savodxonligini oshirish” bo’yicha seminar-trening bo’lib o’tdi.
Xususan, seminarda “Media savodxonlik”, “Xavfsiz onlayn muhit”, “Internet orqali tarqalayotgan ijtimoiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari”, “Xotin-qizlarga manipulyativ ta’sir ko‘rsatishda internetning o‘rni” mavzulari muhokama qilindi.
Shuningdek, seminar davomida internetda milliylikni targ‘ib qilish, mentalitetimizga xos azaliy qadriyat va ezgu an’analarni saqlab qolishga doir taklif va tafsiyalar tinglandi.


