Xitoyda sun’iy intellekt asosida virtual teleboshlovchi yaratildi

Cover Image for Xitoyda sun’iy intellekt asosida virtual teleboshlovchi yaratildi

Xitoyning People’s Daily davlat nashrida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yangi teleboshlovchi faoliyat yuritishni boshladi. Mazkur teleboshlovchi Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi tomonidan o‘z g‘oyalarini ilgari surish uchun ishlatiladi

Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, Ren Xiaorong deb nomlandan boshlovchi bilan muloqot qilish uchun faqat o’rnatilgan mavzular haqida gapirishni so’rashingiz mumkin. Bularga “Ilg‘or texnologiyalar”, “Soliqlar va to‘lovlarni kamaytirish”, “Bandlik” va “Bir kamar, bir yo‘l tashabbusi” kiradi.

Shuningdek, ushbu teleboshlovchi o’zini 365 kun, kuniga 24 soat savollarga javob bera olishi va yangiliklar ko’rsatuvlarini yetkazib berishi mumkinligini aytmoqda