Xitoy Xalq Respublikasining Sidyan universiteti vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Cover Image for Xitoy Xalq Respublikasining Sidyan universiteti vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi doirasida Xitoyning Sidyan universiteti vakillari bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Kadirov, Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish departamenti boshlig’i A.Biimbetov va Sidyan universiteti vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida sun’iy intellekt sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o’rnatish, startap va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va kadrlar almashish jarayonini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi va bu borada O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashdilar.