Xiomi sovuqda isitadigan “aqlli” sharf ishlab chiqardi

Cover Image for Xiomi sovuqda isitadigan “aqlli” sharf ishlab chiqardi

Qish fasli boshlanishidan oldin Xitoyning Xiomi kompaniyasi isitish funksiyasiga ega aqlli “Smart Heating” sharfini ommaga taqdim qildi. Ma’lumotlarga ko’ra, sharf pauerbankdan quvvat oladi va bir necha soniya ichida 38, 45, 50 gradusgacha isitadi. Mazkur sharfda qo’llanilgan DuPont Aura bio-momig’i esa haroratni saqlab turishga yordam beradi.

Qayd etilishicha, sharfning isitish elmentlari qizib ketish va qisqa tutashuvlardan himoyalangan, shuningdek, IPX7 standarti bo’yicha namlikdan saqlaydi. Bundan tashqari, ushbu qurilmada nosozlik bo’lganda, aksessuar o’z-o’zini avtomatik tarzda o’chirish tizimiga ega.