Milliy standartlar va texnologiyalar instituti tadqiqotchilari WI-FI qurilmasiga o’rnatiladigan NIST Breathe Smart deb nomlangan algoritmini ishlab chiqdi. WI-FI routerlariga o’rnatilgan ushbu qurilma nafas olishdagi o’zgarishlarni tahlil qiladi va o’zgarishlarni aniqlaydi.
Mazkur tadqiqot COVID-19 pandemiyasi davrida sinovdan o’tkazildi. Tajriba vaqtida Breathe Smart algoritmi qisqa vaqt davomida 99,54% aniqlikda nafas olish holatini to’g’ri baholay olgan.
Ma’lumot o’rnida ushbu algoritm maxsus mobil ilova orqali nazorat qilinadi. Shuningdek, tadqiqot nafas olishda muammosi bor insonlarni salomatligini nazorat qilishga ko’makchi vazifasini o’taydi.
Otabek Usmonov