“Veon” telekommunikatsiya xoldingi rahbariyati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bilan uchrashdi

Cover Image for “Veon” telekommunikatsiya xoldingi rahbariyati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bilan uchrashdi

Mamlakatimiz IT eksportini oshirish va IT ta’limni rivojlantirishga VEON guruhi e’tiborini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuvda direktorlar kengashi raisi Gunnar Xolt, bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu, xolding bosh maslahatchisi Boris Tadich va Beyeline Uzbekistan bosh direktori Anjey Malinovski ishtirok etdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bozorini yanada rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish hamda eng yangi mobil texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha fikrlar almashildi.

O‘z navbatida, “Veon” kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda o‘z vakolatxonalarini ochishga qiziqish bildirayotgani ta’kidladi. Shu bilan birga, AKT masalalarida keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.