AKT vazirligi tashabbusi bilan IT Park, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Uzinfocom bilan hamkorlikda uchinchi xakatonni Toshkent shahridagi Amiti universitetida bo‘lib o’tdi.

Mazkur tadbir “Uz-NLP Challenge” xakatoni deya nomlanib sun’iy intellekt va matematik tilshunoslikka bag‘ishlandi. Xususan, sun’iy intellekt va uning mamlakatimizdagi istiqbollari xususidagi ma’ruzasi bilan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Aziz Atabekov ham faol ishtrok etdi.
Xakaton doirasida tanlov shartlariga ko’ra, ishtirokchilar oʻzbek tilidagi ovoz bilan ishlaydigan mahsulotlarning prototiplarini yaratishlari kerak bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko’ra 3 ta sovrinli oʻrin egalari aniqlanib tashkilotchilarning qimmatbaho sovgʻalariga ega boʻlishdi.
