Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozga ehtirom – insoniy fazilat” nomli tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Institut direktori A.Kadirov ishtirok etib, barcha ustozlarni kasb bayrami munosabati bilan samimiy tabrikladi hamda ularning mashaqqatli va sharafli kasbida yangidan yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida ustozlarning inson kamolotidagi beqiyos o’rni e’tirof etildi va ularga minnatdorchilik bildirish har bir inson vazifasi ekanligi alohida ta’kidlandi.

