Massachusets texnologiya instituti va sun’iy intellekt laboratoriyasi tadqiqotchilari parvoz davomida uchuvchilarga boshqaruvda yordam beradigan sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqdi.
“Air-Guardian” deb nomlangan sun’iy intellekt tizimi, parvoz mobaynida uchuvchining xatti-harakatlarini kuzatib boradi. Shuningdek, parvoz davomida yuz berishi mumkin bo’lgan favqulodda holatlarda boshqaruvni o’z nazoratiga oladi.
Ma’lumot o’rnida, kelajakda ushbu sun’iy intellekt tizimidan avtomobil, robototexnika va dronlarni boshqarishda foydalanish rejalashtirilgan.