Missuri universiteti tadqiqotchilari buyurtma mashinalarini sun’iy intellekt tizimi yordamida yanada takomillashtirish xususida ish olib bormoqda.
“International Journal of Production Economics” jurnalida chop etilgan maqolada olimlar “transport” robotlarini aqlliroq qilish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot modelini ishlab chiqish orqali onlayn yetkazib berish jarayonini tezlashtirish ustida tajribani muvofaqiyatli o’tkazganini ma’lum qildi.
Tadqiqotchilar ushbu aqlli “transport” robotlari inson ishchilarini almashtirish uchun mo’ljallanmagan, balki buyurtmani bajarish jarayoni samaradorligini oshirishga yordam berish uchun ular bilan hamkorlikda ishlashi ko’zda tutilgan.
Masalan, robotlar bir vaqtning o’zida bir nechta buyurtmalarni odamga qaraganda tezroq bajarishga yordam beradi, ammo javonlardan narsalarni tanlash va ularni belgilangan joyga olib borish uchun robotlarga joylashtirish uchun inson ishchilari kerak bo’ladi.