Barchamizga ma’lumki, to’rt oyoqli robotlar kundalik ish jarayoni va turli qurilish sohalarida yordamchi vazifasini bajarib kelmoqda. Ammo ularning balandlikka ko’tarilish hamda harakatlanish jarayonida bir qancha muammolar mavjud edi.
Shvetsariyaning ETH Zurich robototexnika muhandislari tomonidan “ANYMal” deb, nomlangan robotning imkoniyatlarini kengaytirildi.
Jamoa dastlab robotga ilgakka o’xshash maxsus panjani o’rnatdi. Bu esa robotning zinapoya va narvonda erkin harakatlanishini ta’minlaydi.
Ma’lumot uchun, ushbu to’rt oyoqli robot sinov mashg’ulotlaridan muvaffaqiyatli o’tib, 90% samaradorlikni qayd etdi.