AQShning Aurelia Aerospace kompaniyasining tadqiqotchilari tomonidan VTOL ( vertikal uchish va qo’nish samolyotlari) uchar mashinasi yaratildi.
Ta’kidlanishicha, uchar mashinadan foydalanish boshqa transportlarga qaraganda ortiqcha sarf-xarajatlarni tejaydi. Sababi, uning harakatlanishi uchun elektr batareyalari hamda vodorod kabi yoqilg’ilardan foydalaniladi. Xususan, mazkur transport vositasi tabiatga zarar keltirmaydi (https://kun.uz/14156242).
Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, ushbu avtomobil qanotlari vertolyotlarnikidan farqli bo’lganligi sababli uzoq va balandroq ucha oladi.