Tilning rangi yordamida insonlardagi kasalliklarni aniqlaydigan sun’iy intellekt algoritmi yaratildi

Cover Image for Tilning rangi yordamida insonlardagi kasalliklarni aniqlaydigan sun’iy intellekt algoritmi yaratildi

Janubiy Avstraliya universiteti tadqiqotchilari tomonidan insonlarning til rangi yordamida ulardagi kasallikni aniqlaydigan sun’iy intellekt algoritmi ishlab chiqildi.

Ushbu algoritm inson tilining rangini tahlil qilish orqali ulardagi diabet, insult, anemiya, astma, COVID-19 va bir qator qon tomir hamda oshqozon-ichak kasallilariga tashxis qo’yish imkoniyatiga ega.

“Technologies” jurnalining xabar berishicha, ushbu algoritm 60 ta til tasviridan foydalangan holda sinovdan o’tkazildi. Natijada, model 98% samaradorlikni qayd etdi.

“Biz kasalliklarni aniqlash arzon, xavfsiz, samarali va qulay bo’lishini ta’minlash uchun ushbu algoritmni yanada takomillashtirshni maqsad qildik” deb, ta’kidladi professor Javaan Chahl.