Tezkor optik lazerlar muhim aloqalarda radio uzatgichlarni almashtirishi mumkin

Cover Image for Tezkor optik lazerlar muhim aloqalarda radio uzatgichlarni almashtirishi mumkin

G’arbiy avstraliyalik tadqiqotchilar guruhi o’ta tezkor optik lazerlarni o’z ichiga olgan yangi texnologiyadan foydalangan holda, muhim aloqalarda radio uzatgichlardan foydalanmaslik yo’lini o’ylab topdi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, hozirda qo’llanilayotgan radio uzatgichlar bundan bir asr oldin ishlab chiqilgan. Ushbu noqulay tizimni yanada yaxshilash maqsadida Xalqaro radioastronomiya tadqiqotlar markazi (ICRAR) olimlari ikki yil davomida ushbu loyiha ustida ishladi va kutilgan natijaga erishdi.