Tadqiqotchilar yumshoq va cho‘ziluvchan elektron teri ishlab chiqishdi

Cover Image for Tadqiqotchilar yumshoq va cho‘ziluvchan elektron teri ishlab chiqishdi

Stenford olimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri miya bilan aloqa qiladigan yumshoq va cho‘ziluvchan elektron terini ishlab chiqdi. Mazkur elektron teri haqiqiy terining sensorli fikr-mulohazalariga taqlid qiladi.

Tadqiqotchi Veychen Vangning so’zlariga ko’ra, “Biz tabiiy tizimdan ilhom oldik va unga taqlid qildik”. Ushbu qurilma, oyoq-qo‘llari protezlangan millionlab insonlarga umid beradi. Ta’kidlanishicha, qurilma laboratoriya kalamushida sinab ko’rildi hamda bu muvofaqqiyatli o’tdi.