Cold Spring Harbor Laboratory tadqiqot professori Aleksandr Krasnits saraton kasalligini nasildan-nasilga o’tish sabablarini aniqlaydigan dasturiy ta’minot bazasini yaratdi.
Ushbu tizim insoning irq yoki etnik kelib chiqishi o’rtasidagi genealogik aloqalarni aniqlaydi. Krasnitz jamoasi gibrid DNK profillari yordamida o’zlarining dasturiy vositalarini yaratishdi.
Tajriba jarayonida dasturiy ta’minotning ishlashini avlodi ma’lum bo’lgan bemorlardan olingan oshqozon osti bezi, tuxumdon, ko’krak va qon saratoni namunalariga nisbatan sinovdan o’tkazdilar.
Natijada dasturiy ta’minot ularning gibrid profillarini kontinental populyatsiyalarga 95% dan ortiq aniqlik bilan mos kelishini aniqladi. Yakuniy xulosaga ko’ra mazkur tizim qaysi kasalliklar nasildan-nasilga o’tishi mumkinligini isbotlab berdi.