Tadqiqotchilar futbol uchrashuvlari video tasviri asosida raqibga qarshi eng yaxshi himoya usulini yaratishda yordam beradigan kompyuter modelini ishlab chiqdi

Cover Image for Tadqiqotchilar futbol uchrashuvlari video tasviri asosida raqibga qarshi eng yaxshi himoya usulini yaratishda yordam beradigan kompyuter modelini ishlab chiqdi

Futbol o‘yini vaqtida o‘yinning himoya dinamikasi haqida ko‘proq bilish uchun tadqiqotchilar uchta o‘yin videosini o‘rgandilar. Shuningdek, ular o’yin davomida barcha o’yinchilarning harakatlarini har bir daqiqa kuzatib borishdi.

Kuzatuvlar natijasida himoyachilarning raqib o’yiniga to’sqinlik qiladigan harakat turlarini qayd etishdi. Olimlar barcha o’rganishlarni tahlil qilib oddiy kompyuter modelini yaratdi. Ushbu model harakatni kompyuter ekranida harakatlanuvchi nuqtalar ko’rinishida jonlantirish imkonini berdi.

Shu jumladan, mazkur animatsiya hujumchi tomonidan yaratilgan naqshsimon yo’llarni hosil qiladi. Mazkur usulni kuzatish orqali murabbiylar o’z jamoasi uchun himoya strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanishi mumkin.