Tadqiqotchi egri sirtlarda mikrochip naqshlarini chop etishning yangi usulini o’ylab topishdi

Cover Image for Tadqiqotchi egri sirtlarda mikrochip naqshlarini chop etishning yangi usulini o’ylab topishdi

Milliy standartlar va texnologiyalar instituti tadqiqotchilari tomonidan egri sirtlarda naqshlarni chop etishning yangi usuli namoyish etildi. “REFLEX”- deb nomlangan ushbu texnika mikrosxema naqshlarini materialning kerakli joyida chizish imkonini beradi.

Mazkur texnikadan foydalanib ignaning o’tkir uchida va inson sochining tolasida ” Nist” so’zini oltin harflar bilan yozishga muvaffaq bo’lishdi. Ushbu texnika barcha sohalarda yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Xususan, elektronika, optika, biotibbiyot va muhandislik sohalarida qo’l keladi.