Suvni ifloslantiradigan moddalarni aniqlovchi robot ishlab chiqildi

Cover Image for Suvni ifloslantiradigan moddalarni aniqlovchi robot ishlab chiqildi

Xitoy biotibbiyot muhandislari va robototexnika tadqiqotchilari tomonidan suvni ifloslantiruvchi moddalarni tekshira oladigan kichik yumshoq robot ishlab chiqildi.

“SES” deb, nomlangan mazkur robot simsiz va batareyasiz boshqariladi. Shuningdek, robot uchta datchik bilan jihozlangan.

Xususan, birinchi datchik xlor darajasini, ikkinchisi amiak darajasini, uchinchisi esa “SARS-CoV-2” virusi mavjudligini tekshira oladi.

🖇 Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar ushbu robotlardan sanoat va suv havzalaridagi quvurlarni tekshirishda foydalanishni rejalashtirgan.