“Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” qo‘shma o‘quv-seminarida tashkil etilgan media-treningda “Zamonaviy media makonda axborot uzatishda sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar platformalaridagi yangi imkoniyatlar” to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur seminarda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Sayyora Ibragimova ishtirok etib, sun’iy intellekt haqida umumiy tushunchalarni asoslab, jahonda va O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish darajalarini qiyosiy tahlillarda ko‘rsatib berdi. Shuningdek, Axborot xizmatlarining ish samaradorligini oshiradigan hamda foydali ilovalarni tavsiya qildi.
Xususan, tadbir davomida sun’iy intellektning rivojlanish bosqichlari, ushbu sohadagi innovatsion loyihalar, yangilik, “President Tech Award”, axborot tarqatishda SIning afzalliklari, tahdidlar, sun’iy intellekt taraqqiyotida OAV kelajagi hamda boshqa ahamiyatli masalalar xususida to’xtalib o’tildi.


Saidova Bahora tayyorladi
