Sun’iy intellektga asoslangan yangi avlod chiplari yaratildi

Cover Image for Sun’iy intellektga asoslangan yangi avlod chiplari yaratildi

IBM Research kompaniyasi tadqiqot guruhi tasvirlarni aniqlashga mo’ljallangan kompyuter chiplarini ishlab chiqardi.

“NorthPole” deb, nomlangan ushbu chiplarning dizayni inson miyasidan ilhomlanib yaratilgan bo’lib, oldingi avlod chiplaridan 22 marotaba tezroq ishlash xususiyatiga ega.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, mazkur chiplar ikki o’lchamli xotira bloklari va protsessorlardan tashkil topgan bo’lib, SI yordamida ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Shuningdek,hozirda tadqiqot guruhi chiplarni bir-biriga bog’lash amaliyoti ustida ish olib bormoqda.