Sun’iy intellekt xotirasini kuchaytiruvchi kvant tunnel yaratildi

Cover Image for Sun’iy intellekt xotirasini kuchaytiruvchi kvant tunnel yaratildi

Sent-Luisdagi Vashington universiteti tadqiqotchilari guruhi tomonidan sun’iy intellektning xotira dinamikasi va neyronlar o’rtasidagi aloqalarni kuchaytiruvchi qurilma ishlab chiqarildi.

Ushbu qurilma vositasida sun’iy intellekt tizimi eski vazifalarini unutmagan holda yangi topshiriqlarni doimiy ravishda o’rganib boradi.

Mazkur qurilmani yaratishda olimlar Fowler-Nordheim (FN) kvant tunelidan foydalangan bo’lib, qo’llanilgan elektronlar uchburchak to’siqlardan sakrab o’tish va shaklni o’zgartirish xususiyatiga ega.

Ma’lumot o’rnida ushbu qurilmani uzluksiz o’rganish imkonini beradigan sun’iy intillekt tizimini yaratish ishlash jarayonida yuqori energiya sarfini tejashga xizmat qiladi.