York universiteti tadqiqotchilar guruhi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan musiqalar inson tomonidan yaratilgan musiqalarga qaraganda ta’sirchanligi yuqori emasligini aniqlashdi.
Sinov mashg’ulotlari davomida 50 nafar musiqiy bilimga ega bo’lgan ishtirokchilarga sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan musiqa parchalari qo’yib eshittirilgan. Mazkur musiqalar orasida inson kompozitor tomonidan hamda chuqur o’rganish (DL) algoritmlar orqali yaratilgan. Natijada inson tomonidan yaratilgan musiqa ishtrokchilarga ma’qul kelgan.
Ma’lumot o’rnida sun’iy intellekt musiqani yaratishda qo’llaydigan algoritmlarda mualliflik huquqini buzishi mumkin bo’lgan nososzliklar mavjudligi aniqlandi. Tajriba yakunida ekspertlar tomonidan sun’iy intellektning tizimini yaxshilashga doir ko’rsatmalar berildi. Xususan, ushbu ko’rsatmalar mualliflik huquqining buzilishini oldini olishga yordam beradi.
Otabek Usmonov