Sandvik muhandislari besh xil haykaltarosh usta tomonidan yaratilgan haykallarni sun’iy intellekt tomonidan birlashtirilgan holda yaxlit namuna yaratdi.
Tadqiqotchi Pauliina Lundening so’zlariga ko’ra, mazkur sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan haykal o’z davrining beshta mashhur haykaltaroshlarning uslublari aralashmasi asosida yaratilgan. Ma’lumot uchun, Mikelanjelo (Italiya 1475-1564), Auguste Rodin (Fransiya 1840-1917), Ket Kolvits (Germaniya 1867-1945), Kotaro Takamura (Yaponiya 1883-1956) va Augusta Savage (AQSh 1892-1962).
Stokgolmdagi Milliy fan va texnologiya muzeyiga tashrif buyuruvchilar asosan Mikelanjelodan ilhomlangan mushak tanasiga va Takamuradan ilhomlangan globusni ushlab turgan qo’lga e’tibor berishgani ta’kidlangan.