Rossiyalik tadqiqotchilar tomonidan sun’iy intellekt yordamida neft qazib olishning yanada optimallashtirilgan usuli namoyish qilindi.
Jamoa tomonidan yaratilgan dasturiy ta’minot elektr nasosning ish rejimi tahlil qilib, maksimal miqdorda neft olish uchun eng yaxshi yechimlarni taklif etadi. Bu esa, qo’shimcha sarf-xarajatsiz neft olish hajmini 1,5 %ga oshiradi.
Dasturiy modul katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qiladi va nasosning oqim tezligi, to’xtash davrlari kabi parametrlarni hisobga olib, neft qazib olish jarayonini eng samarali rejimda boshqarishga yordam beradi. Shu bilan birga, bu yechim yirik neft kompaniyalarida iqtisodiy samaradorlikni yiliga 108 million rublgacha oshirishi mumkin.
Ushbu texnologiya Rossiya bo’ylab muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi va Xitoy, AQSh, Kanada kabi davlatlarda ham katta talabni keltirib chiqardi. Tadqiqotchilar sun’iy intellekt texnologiyalari neft qazib olish jarayonidagi mehnat samaradorligini oshirib, uzoq muddatli iqtisodiy foyda keltirishini ta’kidlashmoqda.