Surrey universiteti tadqiqotchilar guruhi sun’iy intellekt ma’lumotlar tizimi tashkilotning raqamli ma’lumotlar bazasidan qancha ma’lumot yig’ganligini tekshirishga qodir bo’lgan dasturiy ta’minotni yaratdi.
Mazkur tahlil dasturi, kompaniyaning onlayn xavfsizlik protokolining bir qismi sifatida ishlatilishi mumkin. Xususan, ushbu dastur SI tizimi orqali dasturlangan kodlardagi xatoliklarni aniqlab bartaraf etishga yordam beradi.
Tadqiqotchi Fortunat Rajaona so’zlariga ko’ra, “Bugungi kunda ko’plab ilovalar SI tizimi bilan jihozlangan xususan, avtomagistraldagi o’z-o’zini boshqaradigan mashinalardan tortib shifoxona robotlarigacha. Bizning dasturimiz har bir sohada qo’llanilyotgan SI tizimining qancha ma’lumotlar bazasi borligini aniqlash va tizim imkoniyatlarini yanada kengaytirishdir”- deya, ta’kidladi.
Ma’lumot o’rnida ushbu dasturiy ta’minoti haqidagi tadqiqot rasmiy usullar bo’yicha 25-xalqaro simpoziumda eng yaxshi ish sifatida mukofotga sazovor bo’ldi.