Sun’iy intellekt maktab o‘quvchilariga dars berishni boshlaydi

Cover Image for Sun’iy intellekt maktab o‘quvchilariga dars berishni boshlaydi

Janubiy Koreyaning “LG” va “Samsung” kabi texnologiya gigantlari sun’iy intellekt texnologiyalarini maktab ta’lim dasturlariga integratsiya qilmoqda.

Qayd etilishicha, “LG” kompaniyasi 2023-yildan boshlab 18 ta maktabni raqamli doskalar va sun’iy intellekt asosida ishlaydigan “GlOi” robotlari bilan jihozladi.

Endilikda, kompaniya Janubiy Koreyada 2025-yilga qadar 5 million maktab o’quvchisi uchun sun’iy intellektga ega raqamli darsliklarni joriy qilishni rejalashtirgan.

Ta’kidlash joizki, “Samsung” kompaniyasi “Never” va “Kakao” ta’lim dasturlarini ishlab chiqib, sohadagi raqobatni yanada kuchaytirdi.