EPFL va ETH Tsyurix tadqiqotchilari hamda Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi, Bin Xalifa universiteti (Qatar) bilan hamkorlikda aholi zichligini aniqlik bilan baholay oladigan dasturni ishlab chiqdi.
EPFL va ETH Zurich muhandislari ICRC bilan hamkorlikda “Pomelo” deb nomlangan sun’iy intellektga asoslangan dastur gumanitar operatsiyalar, shaharsozlik va atrof-muhit monitoringi uchun zarur bo’lgan aniqlik bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Natijada oziq-ovqat ta’minotining hududlar kesimida tarqatilishi, suvni iste’mol qilinishi hamda binolar sig’imiga ko’ra qancha odam yashashi mumkinligini aniqlaydi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, kelajakda mazkur dastur yanada takomillashtirilib boshqa sohalarda ham keng joriy etilishi ko’zda tutilgan.