Kuni kecha “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Sunʼiy intellekt bo‘yicha maslahat kengashining “Taʼlimda sunʼiy intellekt” mavzusida navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi.
Unda sunʼiy intellekt sohasidagi xorijiy va mahalliy ekspert hamda tadqiqotchilarni jalb qilgan holda sunʼiy intellekt texnologiyalarining taʼlim sohasiga kirib kelishi, ularning ijobiy va salbiy taʼsirlari, ushbu texnologiyalardan samarali va o‘rinli foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Maʼlumot uchun, Maslahat kengashi 2022-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etilgan boʻlib, respublikamizda oʻtkazilgan maʼmuriy islohotlardan soʻng Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazildi. Shundan soʻng, kengashda tuzilmaviy va tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Kengash tarkibida Singapur, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Eron, BAA, Latviya kabi mamlakatlardan sunʼiy intellekt sohasidagi xorijiy ekspertlar mavjud.