Ma’lumotlarga ko’ra, “Fedha” deb nomlangan mazkur virtual boshlovchi “Kuwait News” veb-saytining Twitter akkauntida paydo bo’ldi deya xabar bermoqda “Techxplore.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida.
“Men Fedha, Quwait News telekanalida sun’iy intellekt bilan ishlaydigan Quvaytdagi birinchi boshlovchiman . Qaysi yangiliklarni afzal ko’rasiz? Fikrlaringizni eshitaylik”, dedi u sof arab tilida.
Olimlarning fikriga ko’ra, virtual yangiliklar boshlovchisi onlayn xabarnomalarni o’qishi rejalashtirmoqda. “Kuwait Times” bosh muharriri o‘rinbosari Abdulla Boftainning so’zlariga ko’ra, “Fedha” nomli boshlovchi 1,2 million obunachiga ega bo’lgan saytning Twitter akkauntida yangiliklar xabarnomasini o’qib eshittirishi mumkin.