Shamol va yorug’lik kuchi bilan ucha oladigan parisimon robot yaratildi

Cover Image for Shamol va yorug’lik kuchi bilan ucha oladigan parisimon robot yaratildi

Tampere universitetidagi Light Robots guruhi tadqiqotchilari shamolda uchadigan va yorug’lik bilan boshqariladigan uchuvchi aero – robotlarni ishlab chiqishdi.

Mazkur robot parilardan ilhomlanib yaratilgan bo’lib, u yumshoq akuator bilan jihozlangan. Shuningdek, sezgir suyuq kiristalli elastometr yorug’lik ko’ringanidan so’ng tuklarini ochib-yopishi natijasida robot harakatga keladi.

Mikroelementlardan tashkil topgan sun’iy pari bir nechta biomimetik xususiyatlarga ega. Yuqori g’ovakligi (0,95) va yengil (1,2 mg) tuzilishi tufayli shamol yo’naltirilgan havoda yengil harakatlanadi. Bundan tashqari, barqaror ajratilgan vorteks halqasi shamol yordamida uzoq masofalarga sayohat qilish imkonini beradi. Tadqiqotlar davomida ushbu robotni takomillashtirish va qurilmani quyosh nurida ishlashini ta’minlash borasida ishlar olib borilmoqda.