So’ngi yillarda muhandislar tomonidan murakkab dizayndagi qurilmalar yaratish yuzasidan ko’plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Navbatdagi texnologiya shu kabi tadqiqotlarning mantiqiy davomidir.
Janubiy Koreyadagi Ajou universiteti tadqiqotchilari tomonidan kapalakdan ilhomlanib o’z shaklini o’zgartiradigan qurilmalar uchun yangi dizayn yaratildi.
Mazkur qurilmaning afzallik tomoni shundaki, u g’ijimlanib, siqilganda ham asl shaklini qayta tiklay oladi. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqot guruhi hozirda ushbu dizaynni takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.