Massachusets Amxerst universitetining kimyo va kimyo muhandisligi professori Trisha va Endryu boshchiligidagi tadqiqotchilar jamoasi yaqinda odatiy kiyimlar uchun inson tanasidagi o’zgarishlarni nazorat qiladigan aqlli sensorlarni yaratishdi.
Ma’lumki, bugungi kunga qadar yaratilgan kiyim uchun maxsus sensorlar noqulayligi bilan yangi izlanishlarni talab qilgan. Xususan, olimlar tomonidan yaratilgan ushbu sensorlar kiyim matosiga qulay joylashtirilib insonga ortiqcha noqulayliklar keltirib chiqarmaydi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, mazkur sensorlar yurak urishi, nafas olish, bo’g’im harakati, ovoz chiqarish, qadamlar soni va tutqich kuchi kabi a’zolarning ma’lumotlarni to’plashni ancha osonlashtiradi. Shuningdek, inson salomatligini nazorat qilishda yetakchi vosita vazifasini o’taydi.