RTSIR ITI vakili Hindistonda bo’lib o’tayotgan “Xalqaro elektraloqa ittifoqi butunjahon telekommunikatsiya standartlashtirish assambleyasi”da qatnashmoqda

Cover Image for RTSIR ITI vakili Hindistonda bo’lib o’tayotgan “Xalqaro elektraloqa ittifoqi butunjahon telekommunikatsiya standartlashtirish assambleyasi”da qatnashmoqda

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining bosh yuriskonsulti L.Isxakova Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo’lib o’tayotgan “Xalqaro elektraloqa ittifoqi butunjahon telekommunikatsiya standartlashtirish assambleyasi”da ishtirok etmoqda.

Mazkur anjumanda 193 ta mamlakatning aloqa maʼmuriyati rahbarlari boshchiligidagi delegatsiya, xalqaro aloqa operatorlari hamda vendorlar va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida dunyoda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha eng muhim 4 yillik qarorlar qabul qilinib, AKT sohasidagi strategik yo’nalishlarni belgilab olish rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, ushbu tadbir O’zbekiston Respublikasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida rivojlanish jarayonlari hamda ilmiy-texnik manfaatlarini xalqaro hujjatlarda aks ettirish uchun yaxshi imkoniyatlarni taqdim etadi.