Robotlar uchun yangi sensor teri yaratildi

Cover Image for Robotlar uchun yangi sensor teri yaratildi

UBC va Honda tadqiqotchilari tomonidan aqlli, cho’ziluvchan va yuqori sezgi xususiyatga ega sensor teri ishlab chiqildi.

Mazkur elektron teri protez qo’llarga qoplanganda sezish imkoniyatini ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu teri inson terisi kabi yumshoq va moslashuvchandir.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, mazkur sun’iy teridan foydalanib, robotlarning ish faoliyatidagi xavfsizligini ta’minlash mumkin. Hozirda tadqiqotchilar ushbu texnologiyani sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan yangi versiyasini yaratish ustida ish olib bormoqda.