Robotlar uchun mo’ljallangan yangi til modeli yaratildi

Cover Image for Robotlar uchun mo’ljallangan yangi til modeli yaratildi

Karnegi Mellon universiteti tadqiqotchilari robotlarning imkoniyatlarini kengaytiruvchi yangi til modelini ishlab chiqdi.

“RoboTool” deb, nomlangan ushbu tizim robotlarning harakati shuningdek, ular bilan muloqot qilishni yaxshilaydi. Xususan, til modeli sun’iy intellekt yordamida ishlaydi hamda to’rtta komponentdan tashkil topgan. Ma’lumot o’rnida, tadqiqot guruhi 3D kompyuter bilan jihozlangan modellarni yaratish ustida ish olib bormoqda.