Robotlar uchun mo’ljallangan yangi hisoblash tizimi yaratildi

Cover Image for Robotlar uchun mo’ljallangan yangi hisoblash tizimi yaratildi

Italiya Texnologiya Instituti tadqiqotchilari tomonidan robotlar foydalanuvchilarni tanib olishi va kuzatishiga ko’maklashadigan yangi tizim ishlab chiqildi.

Ushbu tizim foydalanuvchilarni avtomatik ravishda identifikatsiyadan o’tkazadi. Shuningdek, tizim robotlarda joylashtirilgan RGBga ega kamera yordamida imo-ishoralarni aniqlay oladi hamda foydalanuvchilarning buyruqlarini bajarish uchun signal beradi.

Tadqiqotchilar mazkur tizimdan sanoat va ishlab chiqarish sohasidagi robotlarda foydalanishni maqsad qilgan.