Karnegi Mellon universiteti qoshidagi Robototexnika instituti tadqiqotchilari tomonidan insonlar bilan hamkorlikda ishlaydigan rassom robot tizimi yaratildi.
Rassom robot bo’yoq cho’tkasi tutgan qo’l ko’rinishida bo’lib, insonlar bilan hamkorlik qilish uchun sun’iy intillekt tizimidan foydalanadi.
Ushbu robot san’at asarlari g’oyalarini yaratmaydi, aksincha u rassomlar bilan hamkorlik qilishi uchun yaratilgan tizimdir. Rassom ushbu tizimdan foydalanib maqsadlarini belgilagandan so’ng, Frida roboti ularni amalga oshirishga kirishadi. Ma’lumot o’rnida, ushbu tizim rassomchilikni orzu qilgan insonlarning orzusini amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat yaratib beradi.