Robot biologik sensor yordamida “hid bilish” qobiliyatiga ega bo‘ldi

Cover Image for Robot biologik sensor yordamida “hid bilish” qobiliyatiga ega bo‘ldi

Tel-Aviv universiteti tomonidan ishlab chiqarilgan yangi texnologik ishlanma robotga biologik sensor yordamida hidni sezish imkonini berdi deya xabar berdi techxplore.com sayti.

Ushbu yangi tadqiqotni amalga oshirishda tadqiqotchilar biologik sensorni elektron tizimga muvaffaqiyatli uladi hamda mashinani o’rganish algoritmidan foydalanib 10 000 baravar yuqori sezuvchanlik darajasida hidlarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Olimlarning fikriga ko’ra biologik hid bilish qobilyatiga ega robot kelajakda portlovchi moddalar yoki giyohvandlik dori-vositalarini aniqlashda hamda inson xavfsizligini ta’minlashda qo‘llanilishi mumkin.