Irlandiyaning RoboÉireann jamoasi Fransiyaning Bordo shahrida bo‘lib o‘tgan robototexnika xalqaro “RoboCup 2023 Standard Platform League” musobaqasidagi futbol o’yinlarida “Challenge Shield” g‘olibi bo‘ldi.
Ma’lumki, xalqaro “RoboCup” musobaqasi an’anavy tarzda o’tkazib kelinadigan turnerlardan biri bo’lib robototexnika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Tashkil qilingan futbol o’yinda 5-7 robotlardan iborat jamoalar ishtrok etdi. Mazkur o’yin futbol qoidalariga mos tarzda o’tkazildi.
Ma’lumot o’rnida,, ushbu chempionatda RoboÉireann jamoasi 9 o‘yinda 67:2 hisobida g’olib bo’ldi. Mazkur bahslarda Germaniya, Gollandiya, Kanada, AQSH, Avstraliya va Braziliya kabi jamoalar ham faol ishtirok etdi.