Rasm chizadigan robot yaratildi

Cover Image for Rasm chizadigan robot yaratildi

Karnegi Mellon robototexnika universiteti tadqiqotchilari tomonidan rasm chizishga mo’ljallangan robot ishlab chiqildi.

“CoFRIDA” deb, nomlangan ushbu robot matnli ko’rsatma hamda namunalar asosida tasvirlar yaratishi mumkin.

Tadqiqotchi Jun-Yan Chjuning so’zlariga ko’ra, mazkur robot san’at asarlarining yangi yo’nalishini ochishga yordam beradi.

Shuningdek, ushbu robot “NSF IIS-2112633”, “Packard Fellowship” va Texnologiya innovatsion dasturi (Meta-human) tomonidan moliyalashtirilgan.

Choriyeva Charos tayyorladi.