“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya o’z ishini boshladi

Cover Image for “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya o’z ishini boshladi

Buxoro shahrida, O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan muhandis, texnika fanlari doktori, professor Zarbdor Mirzakarimovich Salixov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya o’z ishini boshladi.

Konferensiyani Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Kadirov va BuxDU prorektori A.Jo’rayev ochib berdi. Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ahamiyatini ta’kidlab o’tdi.

Ushbu konferensiyada mamalakatimiz va xorijda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida faoliyat olib borayotgan yetuk olimlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o’rnida, ushbu konferensiya 28-sentabr kuni ham o’z ishini davom ettiradi.

This image has an empty alt attribute; its file name is Picsart_24-09-27_15-09-08-573-1024x682.jpg