Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Cover Image for Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Kuni kecha O’zbek-Britaniya savdo sanoati kengashi bo’lib o’tdi. Ushbu kengashda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Bikal Distribution GKB LIMITED” (Buyuk Britaniya) ijrochi direktori Raj Sandxu vakili bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuv doirasida institut hamda “Bikal Distribution GKB LIMITED” kompaniyasi hamkorlikni bulutli hisoblashni rivojlantirish, boshqarish, rag’batlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirishga kelishib oldi. Shuningdek, uchrashuv yakunida tomonlar kelishuviga ko’ra Memorandum imzolandi.