Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti Rossiya Federatsiyasi Raqamli iqtisodiyot avtonom notijorat tashkiloti bilan hamkorlik Memorandumi imzoladi

Cover Image for Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti Rossiya Federatsiyasi Raqamli iqtisodiyot avtonom notijorat tashkiloti  bilan hamkorlik Memorandumi imzoladi

Ma’lumki, Samarqand shahrida “ICTWEEK UZBEKISTAN-2022” O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida raqamli iqtisodiyotning kelguvsi istiqbollarini yanada yaxshilash hamda xalqaro munosabatlarni keng yo’lga qo’yish borasida hamkorlik aloqalari o’rnatilmoqda.

Xususan, tadbirda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti Rossiya Federatsiyasi Raqamli iqtisodiyot avtonom notijorat tashkiloti bilan hamkorlik Memorandumi imzoladi.

Shuningdek, ushbu tadbir jarayonida raqamli texnologiyalarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga bosqichma-bosqich joriy etish hamda sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarni yanada rivojlantirish yuzasidan o’zaro fikr-mulohazalar atroflicha muhokama qilindi.