Kuni kecha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov International Digital ta’lim muassasasi loyihasi asoschisi Ibrohim Hurramov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur yig’ilishda ta’lim muassasasi raisi Alan Frans onlayn tarzda muhokamalarda faol ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham e‘tibor qaratilib, IT-ta’limini rivojlantirish muhim vazifa ekanligi ta’kidlab o’tildi. Xususan, o’zaro muhokamalar jarayonida AKT vazirligi hamda International Digital ta’lim muassasasi bilan o’zaro hamkorlik aloqalari ta’lim sifatini yaxshilashda muhim bosqich vazifasini o’tashi kelishib olindi (https://mitc.uz/uz/news/view/4054). Ushbu uchrashuv tavsilotlari haqida vazirlik matbuot xizmati o’zining rasmiy sahifasida xabar berdi.