Quyosh nuri yordamida parvoz qiladigan dron ishlab chiqildi

Cover Image for Quyosh nuri yordamida parvoz qiladigan dron ishlab chiqildi

Xitoyning Advanced Aero-Engine markazi va Beyxan universiteti muhandislari tomonidan quyosh nuri yordamida parvoz qiladigan dron ishlab chiqildi.

“Ultra yengil MAV” deb, nomlangan kichik dronlar 10 daqiqa parvoz qilish imkoniyatiga ega. Shuningdek, jamoa dronlarning uchish davomiyligini yarim soatgacha yetkazish bo’yicha sinov mashgulotlarini davom ettirmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi dronlar turli murakkab vazifalarni bajara oladi. Tadqiqot guruhi dronlarning chidamliligi va ularning yuk ko’tarish hajmini oshirish amaliyoti ustida ish olib bormoqda.